fbpx

Bojxona brokeri Kichik biznes uchun bojxona rasmiylashtiruvi

Import va eksport

Narxlar

Dastlabki maslahat bepul

Xizmatlar narxi

1 BHM = 440 000 UZS

Umumiy narx 2 640 000 UZS
Hammasini hisoblash

Xizmatlar Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlaymiz va bojxona rasmiylashtiruvi xizmatlarini hamma uchun qulay va foydali narxlarda taqdim etamiz.

Eng ko‘p so‘raladigan xizmatlardan tashqari, kompaniyaning biznes jarayonlarini optimallashtirish, xarajatlarni qisqartirish va avtomatlashtirishni joriy etish bo‘yicha maslahatlar beramiz.

  • Bojxona rasmiylashtiruvi

    • tovarlar importi va eksportini rasmiylashtirish
    • hujjatlar to‘plamini tayyorlash
    • tovarlarning bojxona ko‘rigi va ekspertizasini tashkil etish
    • bojxona deklaratsiyasi
  • Sertifikatlash

    • muvofiqlik, gigiyena va boshqa sertifikatlarni olish
    • tovarlarni olib kirish uchun ruxsatnomalar va ekspert xulosalarini olish
  • Maslahat

    • tashqi savdo shartnomalarini tayyorlash
    • TIF TN kodini tanlash
    • shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish
    • xalqaro savdo sanksiyalariga muvofiqlikni tekshirish

Xizmatlar narxi

Kerakli xizmatlarni tanlang va bitta partiyani bojxona rasmiylashtiruvi xizmatlari narxini hisoblang.

Tariflar «BHM»da ko‘rsatilgan – bazaviy hisoblash miqdori, «0» – bepul. 1 BHM = 440 000 UZS

Tovar toifalarimiz

Turli toifadagi tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha amaliy tajriba to‘pladik. Bojxona rasmiylashtiruvidan tashqari, sertifikatlash yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda ham yordam beramiz.

  • kosmetika
  • texnologik uskunalar
  • ehtiyot qismlar
  • maishiy texnika
  • oziq-ovqat mahsulotlari
  • kimyo sanoati mahsulotlari
  • va boshqalar

Rasmiy import yoki «kargo»

«Kargo» yetkazib berish boshqacha qilib «kulrang» import deb ataladi. U tovarni kichik partiyalarda buyurtma qiladigan yangi tadbirkorlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Rasmiy import yoki «kargo»
Siz nimaga ega bo‘lasiz BROXRasmiy import Kargo
Olib kirilgan tovar uchun bojxona hujjatlari Ha Yo‘q
Olib kirilgan tovar uchun sertifikatlar Ha Yo‘q
Tovarni hisob-faktura bo‘yicha rasmiy sotish Ha Yo‘q
Katta partiyalarni import qilish Ha foydasiz va juda qimmat

Biz haqimizda Kompaniyamiz mutaxassislari 2015-yildan beri tovarlar importi va eksportini bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha tajribaga ega.

Tovarlarni sertifikatlash va ruxsatnomalar olishda arizalarni ko‘rib chiqish muddatini va sizning xarajatlaringizni qisqartirishga doimo harakat qilamiz.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha maslahatlarni AQSh, Yevropa, BAA va boshqa mamlakatlar kompaniyalari bilan xalqaro ish tajribasiga ega mutaxassislarimiz beradi.

2015
mutaxassislarimiz tajribasi 2015-yildan
Barcha
hududiy bojxona postlari
3
tashish turi: avia, avto va temir yo‘l

Barcha hududiy bojxona postlari bilan va barcha tashish turlarida ishlaymiz: avia, avto yoki temir yo‘l.

Bosh sahifaBROX
  • Bojxona postlari
  • Sertifikatlash organlari
  • Avia
  • Avto
  • Temir yo‘l

Xususiy va davlat sertifikatlash organlarining reglamentlarini hurmat qilamiz va ishda ularning ishonchini qozonganmiz, bu esa zarur hujjatlarni tezkor olish imkonini beradi.

Savollar va javoblar

Javob topmadingizmi? To‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rang, dastlabki maslahat bepul.

Telegramda yozish
Bojxona brokeri va deklarant: farqi nimada?

Deklarant – bu tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi, tovarni olib o‘tuvchi va bojxona rasmiylashtiruvini mustaqil ravishda o‘tkazishi ham mumkin bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Bojxona brokeri – bu deklarant nomidan va uning topshirig‘i bilan bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtiruvchi yuridik shaxs.

Bojxona brokeri xizmatlari (deklarantlik xizmatlari) uchun qanday qilib ortiqcha to‘lamaslik mumkin?

1-qadam – ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini qisqartirish. Buning uchun biznes jarayoningiz va kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqib, ayrim vazifalarni o‘z xodimlaringizga yuklashingiz kerak.

2-qadam – yillik import yoki eksport yetkazib berishlar sonini aniqlash va bir yilga individual tarifni belgilab olish.

Tovarni bojxonadan o‘tkazish qancha turadi?

Importda asosiy to‘lovlar – bu boj, aksiz, QQS va bojxona yig‘imi. Bojxona to‘lovlari TIF TN kodi va bojxona qiymati asosida hisoblanadi, bojxona qiymati esa oltita usuldan biri bilan aniqlanishi mumkin. Asosiy usul – bitim qiymati usuli, ya’ni shartnoma, invoys bo‘yicha qiymat. Agar bojxona xodimi bu qiymatni ishonchsiz deb hisoblasa, boshqa usullar qo‘llaniladi. O‘z qiymatingizni qanday saqlab qolishni maslahatda aytib beramiz.

Qaysi biri foydaliroq: «kargo» yoki rasmiy import?

«Kargo» yetkazib berish boshqacha qilib «kulrang» import deb ataladi. Bunday yetkazib berishda tashuvchi olib kirilgan tovar uchun bojxona hujjatlari va sertifikatlarni bermaydi. Shunga ko‘ra, bunday tovarni hisob-faktura bo‘yicha rasmiy sota olmaysiz. «Kargo» yetkazib berish tovarni kichik partiyalarda buyurtma qiladigan va bojxona rasmiylashtiruvi, sertifikatlash va hokazo xarajatlardan qochadigan yangi tadbirkorlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Katta partiyalarni import qilishda «kargo» yetkazib berish foydasiz va juda qimmat bo‘lib qoladi.

Tovarni bojxonadan o‘tkazish: nimadan boshlash kerak?

Kelish punktida tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni olish va ularni shartnoma bilan solishtirish. Sertifikatlash yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar, cheklovlar va imtiyozlar bo‘yicha talablarni tekshirish. Eng yaqin bojxona omborini va saqlash shartlarini aniqlash. Bojxona to‘lovlarini hisoblash va tegishli bojxona rejimidagi bojxona deklaratsiyasini tayyorlash.

Nima uchun bojxona brokerining maslahati muhim?

Tovarni import qilishda ko‘pchilik bojxona hujjatlari, TIF TN kodlari, bojxona rasmiylashtiruvi muddati, sertifikatlash va hokazolarga oid talablarni chuqur o‘rganmaydi. Natijada tovar olib kirilgandan keyin bojxonada muammolar va kechikishlar boshlanadi. Dastlabki maslahat bepul, shuning uchun hammasini oldindan bilib olgan ma’qul.

Bepul yetkazib berish: shartnoma kerakmi?

Bepul yoki tekin yetkazib berish shunday shart ko‘rsatilgan invoys asosida amalga oshirilishi mumkin. Ya’ni shartnoma bo‘lishi majburiy emas. Lekin yetkazib berish biror maxsus maqsadda, masalan, laboratoriya sinovi uchun amalga oshirilsa, tomonlar kim nima uchun javob berishini, sinovdan keyin namunalar bilan nima qilishni va hokazolarni aniq belgilaydigan oddiy kelishuv shaklini (tekin yetkazib berish haqida) tuzishni tavsiya qilamiz.

Tekin yetkazib berish uchun tayyor invoys shaklini bu yerdan (XLSX) yuklab olishingiz mumkin.

Spetsifikatsiya nima uchun kerak?

Tovarlar spetsifikatsiyasi shartnomaning muhim qismi bo‘lib, unda tovar tavsifi, miqdori, TIF TN kodi, qiymati va boshqa shartlarni qayd etasiz. Tovarni import yoki eksport qilishda tijorat invoysi (hisob) spetsifikatsiya mazmuniga mos kelishi kerak. Namunani bu yerdan (PDF, RU) yuklab olish mumkin.

Yana qanday yordam bera olamiz?

Mutaxassislarimiz yirik g‘arb va yevropa kompaniyalari bilan xalqaro biznes tajribasiga ega. Biznes jarayonlarini tahlil qilishda va rivojlanishni sekinlashtiradigan yoki ortiqcha xarajatlarga sabab bo‘ladigan zaif joylarni aniqlashda yordam bera olamiz. Trade compliance auditiga tayyorgarlik. Foydani oshirish uchun muqobil biznes g‘oyalarini ishlab chiqish.

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash!

O‘rganishga va rivojlanishga tayyor bo‘lgan, imkoniyatlari cheklangan oilalardan chiqqan yosh va boshlovchi mutaxassislarni muntazam ravishda o‘qitamiz!

O‘qish (amaliyot) muddati – 2 oy, bepul. Ishtirok etish uchun so‘rov shaklini to‘ldiring.